حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَرْعَرَةَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، عَنْ أُسَيْدِ بْنِ حُضَيْرٍ، أَنَّ رَجُلاً، أَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ اسْتَعْمَلْتَ فُلاَنًا وَلَمْ تَسْتَعْمِلْنِي. قَالَ " إِنَّكُمْ سَتَرَوْنَ بَعْدِي أَثَرَةً، فَاصْبِرُوا حَتَّى تَلْقَوْنِي ".
(Usayd ibn Huzayr (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki,) Bir kishi Paygʻambar ﷺning huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, Siz falon kishini (amaldor qilib) ishlatdingiz, meni esa ishlatmadingiz», dedi. U zot: «Albatta, sizlar mendan keyin asara (xudbinlik, sizdan boshqani afzal koʻrish)ni koʻrasizlar; bas, meni (hovuzda) uchratguningizcha sabr qilinglar», dedilar.