حَدَّثَنَا بَدَلُ بْنُ الْمُحَبَّرِ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، أَخْبَرَنِي عَمْرٌو، سَمِعْتُ أَبَا وَائِلٍ، يَقُولُ دَخَلَ أَبُو مُوسَى وَأَبُو مَسْعُودٍ عَلَى عَمَّارٍ حَيْثُ بَعَثَهُ عَلِيٌّ إِلَى أَهْلِ الْكُوفَةِ يَسْتَنْفِرُهُمْ فَقَالاَ مَا رَأَيْنَاكَ أَتَيْتَ أَمْرًا أَكْرَهَ عِنْدَنَا مِنْ إِسْرَاعِكَ فِي هَذَا الأَمْرِ مُنْذُ أَسْلَمْتَ. فَقَالَ عَمَّارٌ مَا رَأَيْتُ مِنْكُمَا مُنْذُ أَسْلَمْتُمَا أَمْرًا أَكْرَهَ عِنْدِي مِنْ إِبْطَائِكُمَا عَنْ هَذَا الأَمْرِ. وَكَسَاهُمَا حُلَّةً حُلَّةً، ثُمَّ رَاحُوا إِلَى الْمَسْجِدِ.
(Abu Voil aytdi:) Abu Muso va Abu Masʼud — Ali Ammorni Kufa ahlini (jangga) safarbar qilishga yuborganida — Ammorning huzuriga kirdilar-da: «Sen islomni qabul qilganingdan beri, biz sening huzuringda mana shu ishda (fitnada) shoshilishingdan koʻra yomonroq koʻrgan bir ishingni koʻrmadik», dedilar. Ammor: «Men ham ikkovingiz islomni qabul qilganingizdan beri, mana shu ishda ikkovingizning sustkashlik (sekinlik) qilishingizdan koʻra yomonroq koʻrgan bir ishni koʻrmadim», dedi. Soʻng u ikkoviga bittadan hulla (sarpo) kiydirdi, keyin ular masjidga (jumaga) bordilar.