حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، قَالَ قَالَ عَمْرٌو أَخْبَرَنِي مُحَمَّدُ بْنُ عَلِيٍّ، أَنَّ حَرْمَلَةَ، مَوْلَى أُسَامَةَ أَخْبَرَهُ قَالَ عَمْرٌو وَقَدْ رَأَيْتُ حَرْمَلَةَ قَالَ أَرْسَلَنِي أُسَامَةُ إِلَى عَلِيٍّ وَقَالَ إِنَّهُ سَيَسْأَلُكَ الآنَ فَيَقُولُ مَا خَلَّفَ صَاحِبَكَ فَقُلْ لَهُ يَقُولُ لَكَ لَوْ كُنْتَ فِي شِدْقِ الأَسَدِ لأَحْبَبْتُ أَنْ أَكُونَ مَعَكَ فِيهِ، وَلَكِنَّ هَذَا أَمْرٌ لَمْ أَرَهُ، فَلَمْ يُعْطِنِي شَيْئًا، فَذَهَبْتُ إِلَى حَسَنٍ وَحُسَيْنٍ وَابْنِ جَعْفَرٍ فَأَوْقَرُوا لِي رَاحِلَتِي.
(Amr aytdi: Menga Muhammad ibn Ali xabar berdiki, Harmala — Usomaning mavlosi — unga xabar bergan; Amr aytdi: Men Harmalani koʻrganman; u aytdi:) Usoma meni Alining oldiga yubordi va: «U sendan hozir soʻraydi-da: ‹Sening hamrohing (Usoma) (jihoddan) nima (uchun) qolib ketdi?› deydi. Bas, unga ayt: ‹U senga aytadiki: Agar sen sherning ogʻzida (jagʻida) boʻlganingda ham, men sen bilan birga oʻsha (ogʻiz)da boʻlishni xohlardim; lekin bu — men (toʻgʻri deb) koʻrmagan bir ishdir›», dedi. Bas, u (Ali) menga hech narsa bermadi. Shunda men Hasan, Husayn va Ibn Jaʼfarning oldiga bordim; ular mening ulovimni (yuk bilan) ortib (toʻldirib) berdilar.