حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ سَالِمِ بْنِ أَبِي الْجَعْدِ، حَدَّثَنَا أَنَسُ بْنُ مَالِكٍ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ بَيْنَمَا أَنَا وَالنَّبِيُّ، صلى الله عليه وسلم خَارِجَانِ مِنَ الْمَسْجِدِ فَلَقِيَنَا رَجُلٌ عِنْدَ سُدَّةِ الْمَسْجِدِ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ مَتَى السَّاعَةُ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " مَا أَعْدَدْتَ لَهَا " فَكَأَنَّ الرَّجُلَ اسْتَكَانَ ثُمَّ قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا أَعْدَدْتُ لَهَا كَبِيرَ صِيَامٍ وَلاَ صَلاَةٍ وَلاَ صَدَقَةٍ، وَلَكِنِّي أُحِبُّ اللَّهَ وَرَسُولَهُ. قَالَ " أَنْتَ مَعَ مَنْ أَحْبَبْتَ ".
(Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) aytdi:) Men va Paygʻambar ﷺ masjiddan chiqib ketayotgan paytimizda, masjid eshigi (sudda)ning oldida bir kishi bizni uchratdi-da: «Yo Rasululloh, Soat (Qiyomat) qachon?» dedi. Paygʻambar ﷺ: «Sen unga nima tayyorlading?» dedilar. Goʻyo u kishi (javob topolmay) boʻshashib qoldi, soʻng: «Yo Rasululloh, men unga koʻp roʻza, namoz yoki sadaqa tayyorlamaganman; lekin men Allohni va Uning Rasulini sevaman», dedi. U zot: «Sen oʻzing sevgan kishi bilan (birga)san», dedilar.