حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا الْعَقَدِيُّ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ أَبِي بُرْدَةَ، قَالَ سَمِعْتُ أَبِي قَالَ، بَعَثَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَبِي وَمُعَاذَ بْنَ جَبَلٍ عَلَى الْيَمَنِ فَقَالَ " يَسِّرَا وَلاَ تُعَسِّرَا، وَبَشِّرَا وَلاَ تُنَفِّرَا، وَتَطَاوَعَا ". فَقَالَ لَهُ أَبُو مُوسَى إِنَّهُ يُصْنَعُ بِأَرْضِنَا الْبِتْعُ. فَقَالَ " كُلُّ مُسْكِرٍ حَرَامٌ ". وَقَالَ النَّضْرُ وَأَبُو دَاوُدَ وَيَزِيدُ بْنُ هَارُونَ وَوَكِيعٌ عَنْ شُعْبَةَ عَنْ سَعِيدٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم.
(Said ibn Abu Burda aytdi: Men otam (Abu Burda)ning shunday deganini eshitdim:) Paygʻambar ﷺ otam (Abu Muso) va Muoz ibn Jabalni Yamanga (amaldor qilib) yubordilar-da: «Yengillik qilinglar, qiyinchilik solmanglar; xushxabar beringlar, nafratlantirmanglar; va bir-biringizga (ittifoq boʻlib) itoat qilinglar», dedilar. Shunda Abu Muso U zotga: «Albatta, bizning yerimizda ‹bitʼ› (asaldan tayyorlanadigan ichimlik) qilinadi», dedi. U zot: «Har bir mast qiluvchi (ichimlik) — haromdir», dedilar. (Buni Nazr, Abu Dovud, Yazid ibn Horun va Vakiʼ ham Shuʼbadan, (u) Saiddan, (u) otasidan, (u) bobosidan, (u) Paygʻambar ﷺdan rivoyat qildilar.)