حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، حَدَّثَنَا عَاصِمُ بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ زَيْدِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ أُنَاسٌ لاِبْنِ عُمَرَ إِنَّا نَدْخُلُ عَلَى سُلْطَانِنَا فَنَقُولُ لَهُمْ خِلاَفَ مَا نَتَكَلَّمُ إِذَا خَرَجْنَا مِنْ عِنْدِهِمْ قَالَ كُنَّا نَعُدُّهَا نِفَاقًا.
(Muhammad ibn Zayd ibn Abdulloh ibn Umar otasidan rivoyat qildiki:) Baʼzi kishilar Ibn Umarga: «Biz sultonlarimizning huzuriga kiramiz-da, ularning oldidan chiqqanimizda gapiradigan (gap)imizning teskarisini ularga aytamiz», dedilar. U: «Biz buni (Paygʻambar ﷺ davrida) nifoq deb hisoblardik», dedi.