وَقَالَ خَارِجَةُ بْنُ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ عَنْ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم أَمَرَهُ أَنْ يَتَعَلَّمَ كِتَابَ الْيَهُودِ، حَتَّى كَتَبْتُ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم كُتُبَهُ، وَأَقْرَأْتُهُ كُتُبَهُمْ إِذَا كَتَبُوا إِلَيْهِ، وَقَالَ عُمَرُ وَعِنْدَهُ عَلِيٌّ وَعَبْدُ الرَّحْمَنِ وَعُثْمَانُ مَاذَا تَقُولُ هَذِهِ قَالَ عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ حَاطِبٍ فَقُلْتُ تُخْبِرُكَ بِصَاحِبِهِمَا الَّذِي صَنَعَ بِهِمَا. وَقَالَ أَبُو جَمْرَةَ كُنْتُ أُتَرْجِمُ بَيْنَ ابْنِ عَبَّاسٍ وَبَيْنَ النَّاسِ. وَقَالَ بَعْضُ النَّاسِ لاَ بُدَّ لِلْحَاكِمِ مِنْ مُتَرْجِمَيْنِ.
(Xorija ibn Zayd ibn Sobit otasi Zayd ibn Sobitdan (rivoyat qildiki,) Paygʻambar ﷺ unga yahudiylarning yozuvini (xatini) oʻrganishni buyurdilar. (Zayd aytdi:) Hatto men Paygʻambar ﷺ uchun ularga (yoziladigan) xatlarini yozar, ular U zotga (xat) yozganlarida, ularning xatlarini U zotga oʻqib berar edim. Umar — uning huzurida Ali, Abdurahmon va Usmon (ham) bor edi — : «Bu nima deyapti?» dedi. Abdurahmon ibn Hotib: «(Roviy aytdi:) Men: ‹U senga — ular ikkoviga (oʻsha ishni) qilgan hamrohlari haqida xabar beradi›, dedim», dedi. Abu Jamra (ham) aytdi: «Men Ibn Abbos bilan odamlar orasida tarjimonlik qilardim.» Baʼzi odamlar: «Hokimga ikki tarjimon (boʻlishi) shart», dedilar.