حَدَّثَنَا عَبْدَانُ، عَنْ أَبِي حَمْزَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " ثَلاَثَةٌ لاَ يُكَلِّمُهُمُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَلاَ يُزَكِّيهِمْ، وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ رَجُلٌ عَلَى فَضْلِ مَاءٍ بِالطَّرِيقِ يَمْنَعُ مِنْهُ ابْنَ السَّبِيلِ، وَرَجُلٌ بَايَعَ إِمَامًا لاَ يُبَايِعُهُ إِلاَّ لِدُنْيَاهُ، إِنْ أَعْطَاهُ مَا يُرِيدُ وَفَى لَهُ، وَإِلاَّ لَمْ يَفِ لَهُ، وَرَجُلٌ يُبَايِعُ رَجُلاً بِسِلْعَةٍ بَعْدَ الْعَصْرِ فَحَلَفَ بِاللَّهِ لَقَدْ أُعْطِيَ بِهَا كَذَا وَكَذَا فَصَدَّقَهُ، فَأَخَذَهَا، وَلَمْ يُعْطَ بِهَا ".
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytdi:) Rasululloh ﷺ: «Uch (toifa kishi) borki, Alloh Qiyomat kuni ular bilan (rahmat ila) gaplashmaydi, ularni (gunohlardan) poklamaydi va ularga alamli azob bordir: yoʻl ustida (ortiqcha) suvi boʻla turib, uni yoʻlovchidan (musofirdan) man qiladigan kishi; imomga (rahbarga) — faqat dunyosi uchun — bayʼat qiladigan kishi (agar u oʻzi istagan narsani bersa, vafo qiladi, boʻlmasa, vafo qilmaydi); va asr (namozi)dan keyin bir kishiga (oʻz) molini sotib, ‹unga shuncha-shuncha (narx) berilgan edi› deb Alloh nomi bilan yolgʻon qasam ichadigan — bas, u (xaridor) uni rost deb oʻylab, (molni) oladi — holbuki unga (aslida) hech narsa berilmagan edi», dedilar.