حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ يُوسُفَ، أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ قِيلَ لِعُمَرَ أَلاَ تَسْتَخْلِفُ قَالَ إِنْ أَسْتَخْلِفْ فَقَدِ اسْتَخْلَفَ مَنْ هُوَ خَيْرٌ مِنِّي أَبُو بَكْرٍ، وَإِنْ أَتْرُكْ فَقَدْ تَرَكَ مَنْ هُوَ خَيْرٌ مِنِّي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَثْنَوْا عَلَيْهِ فَقَالَ رَاغِبٌ رَاهِبٌ، وَدِدْتُ أَنِّي نَجَوْتُ مِنْهَا كَفَافًا لاَ لِي وَلاَ عَلَىَّ لاَ أَتَحَمَّلُهَا حَيًّا وَمَيِّتًا.
(Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytdi:) Umarga: «(Oʻzingdan keyin) xalifa tayinlamaysanmi?» deyildi. U: «Agar xalifa tayinlasam, mendan yaxshiroq boʻlgan kishi — Abu Bakr — (ham) xalifa tayinlagan; agar (tayinlamay) tark qilsam, mendan yaxshiroq boʻlgan kishi — Rasululloh ﷺ — (ham) tark qilgan», dedi. Bas, (odamlar) uni maqtadilar. Shunda u: «(Men) — (Allohdan ham) umidvor, (Undan) qoʻrquvchi (kishiman); men bundan (xalifalik masʼuliyatidan) — na foydam, na zararim boʻlmagan holda — qutulishni (teng chiqishni) istardim; men uni tirik ham, oʻlik ham (boʻlsam) koʻtarmayman (zimmamga olmayman)», dedi.