حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ عُبَيْدِ بْنِ حُنَيْنٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، عَنْ عُمَرَ ـ رضى الله عنهم ـ قَالَ وَكَانَ رَجُلٌ مِنَ الأَنْصَارِ إِذَا غَابَ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَشَهِدْتُهُ أَتَيْتُهُ بِمَا يَكُونُ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَإِذَا غِبْتُ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَشَهِدَ أَتَانِي بِمَا يَكُونُ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم.
(Umar (roziyallohu anhu) aytdi:) Ansorlardan bir kishi (bilan men navbatlashardik): u Rasululloh ﷺning huzurlaridan gʻoyib (yoʻq) boʻlganida, men esa hozir boʻlganimda, men unga Rasululloh ﷺdan (sodir) boʻlgan narsani (xabarni) keltirardim; men Rasululloh ﷺning huzurlaridan gʻoyib boʻlganimda, u esa hozir boʻlganida, u menga Rasululloh ﷺdan (sodir) boʻlgan narsani keltirardi.