حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَبَّاسٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ وَاصِلٍ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، قَالَ جَلَسْتُ إِلَى شَيْبَةَ فِي هَذَا الْمَسْجِدِ قَالَ جَلَسَ إِلَىَّ عُمَرُ فِي مَجْلِسِكَ هَذَا فَقَالَ هَمَمْتُ أَنْ لاَ أَدَعَ فِيهَا صَفْرَاءَ وَلاَ بَيْضَاءَ إِلاَّ قَسَمْتُهَا بَيْنَ الْمُسْلِمِينَ. قُلْتُ مَا أَنْتَ بِفَاعِلٍ. قَالَ لِمَ. قُلْتُ لَمْ يَفْعَلْهُ صَاحِبَاكَ قَالَ هُمَا الْمَرْآنِ يُقْتَدَى بِهِمَا.
Abu Voil (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men ushbu masjidda Shayba (roziyallohu anhu)ning huzurida oʻtirdim. U: «Senning ushbu oʻtirgan joyingda Umar (roziyallohu anhu) mening huzurimda oʻtirgan va: ‹Men bu yerdagi sariq (oltin) va oq (kumush)dan birortasini qoldirmay, hammasini musulmonlar oʻrtasida taqsimlamoqchi boʻldim›, dedi. Men: ‹Sen bunday qilmaysan›, dedim. U: ‹Nega?› dedi. Men: ‹Bu ishni sening ikki sohibing (Nabiy ﷺ va Abu Bakr) qilmaganlar›, dedim. U: ‹Ular (ergashilsa) ergashiladigan ikki zotdir›, dedi», dedi.