حَدَّثَنَا عُبَيْدُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ لِعَبْدِ اللَّهِ بْنِ الزُّبَيْرِ ادْفِنِّي مَعَ صَوَاحِبِي وَلاَ تَدْفِنِّي مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فِي الْبَيْتِ، فَإِنِّي أَكْرَهُ أَنْ أُزَكَّى. وَعَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ عُمَرَ، أَرْسَلَ إِلَى عَائِشَةَ ائْذَنِي لِي أَنْ أُدْفَنَ مَعَ صَاحِبَىَّ فَقَالَتْ إِي وَاللَّهِ. قَالَ وَكَانَ الرَّجُلُ إِذَا أَرْسَلَ إِلَيْهَا مِنَ الصَّحَابَةِ قَالَتْ لاَ وَاللَّهِ لاَ أُوثِرُهُمْ بِأَحَدٍ أَبَدًا.
Hishom otasidan rivoyat qilinadi: Oisha (roziyallohu anho) Abdulloh ibn Zubayrga: «Meni dugonalarim bilan birga dafn qil, Nabiy ﷺ bilan birga uyga dafn qilma, chunki men poklikka chiqarilishimni (madh etilishimni) yoqtirmayman», dedi. Hishom otasidan rivoyat qiladi: Umar (roziyallohu anhu) Oishaga: «Ikki sohibim (Nabiy ﷺ va Abu Bakr) bilan birga dafn etilishimga ruxsat ber», deb (kishi) yubordi. U: «Ha, vallohi (ruxsat)», dedi. (Hishom otasidan) aytadi: Sahobalardan biror kishi unga (shunday) yuborganida, u: «Yoʻq, vallohi, men hech qachon ularni hech kim bilan (oʻsha joyga) afzal koʻrmayman», derdi.