حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مُحَمَّدٍ، أَخْبَرَنَا عَبْدُ اللَّهِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ سَالِمٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّهُ سَمِعَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ فِي صَلاَةِ الْفَجْرِ رَفَعَ رَأْسَهُ مِنَ الرُّكُوعِ قَالَ " اللَّهُمَّ رَبَّنَا وَلَكَ الْحَمْدُ فِي الأَخِيرَةِ ". ثُمَّ قَالَ " اللَّهُمَّ الْعَنْ فُلاَنًا وَفُلاَنًا ". فَأَنْزَلَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ {لَيْسَ لَكَ مِنَ الأَمْرِ شَىْءٌ أَوْ يَتُوبَ عَلَيْهِمْ أَوْ يُعَذِّبَهُمْ فَإِنَّهُمْ ظَالِمُونَ}.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, u Nabiy ﷺ ni bomdod namozida rukudan boshlarini koʻtarib: «Allohumma Rabbano va lakal hamd» deganlarini, soʻngra: «Allohim! Falonchi va falonchini laʼnatla» deganlarini eshitdi. Shunda Alloh azza va jalla: {(Bandalarni hidoyat qilish) ishidan senga hech narsa yoʻq. Yo (Alloh) ularning tavbasini qabul qilur, yo ularni azoblar, chunki ular zolimlardir} (oyatini) nozil qildi.