حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ عَمْرٍو، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ لَمَّا نَزَلَتْ هَذِهِ الآيَةُ
﴿ قُلْ هُوَ الْقَادِرُ عَلَى أَنْ يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عَذَابًا مِنْ فَوْقِكُمْ ﴾ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " أَعُوذُ بِوَجْهِكَ ". فَقَالَ ﴿ أَوْ مِنْ تَحْتِ أَرْجُلِكُمْ ﴾ فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " أَعُوذُ بِوَجْهِكَ ". قَالَ ﴿ أَوْ يَلْبِسَكُمْ شِيَعًا ﴾ فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " هَذَا أَيْسَرُ ".(Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo) aytdi:) Mana shu oyat: ‹Ayting: U — sizning ustingizdan bir azob yuborishga qodirdir...› (Anʼom surasi, 65-oyat) nozil boʻlganida, Paygʻambar ﷺ: «Sening Yuzing bilan panoh tilayman», dedilar. ‹...yoki oyoqlaringiz ostidan...› (deyilganida), Paygʻambar ﷺ (yana): «Sening Yuzing bilan panoh tilayman», dedilar. ‹...yoki sizlarni (firqa-firqa qilib) aralashtirib qoʻyishga (qodirdir)...› (deyilganida), Paygʻambar ﷺ: «Bu — yengilroqdir», dedilar.