حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ ـ هُوَ التَّيْمِيُّ ـ عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي ذَرٍّ، قَالَ دَخَلْتُ الْمَسْجِدَ وَرَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم جَالِسٌ، فَلَمَّا غَرَبَتِ الشَّمْسُ قَالَ " يَا أَبَا ذَرٍّ هَلْ تَدْرِي أَيْنَ تَذْهَبُ هَذِهِ ". قَالَ قُلْتُ اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ. قَالَ " فَإِنَّهَا تَذْهَبُ تَسْتَأْذِنُ فِي السُّجُودِ فَيُؤْذَنُ لَهَا، وَكَأَنَّهَا قَدْ قِيلَ لَهَا ارْجِعِي مِنْ حَيْثُ جِئْتِ. فَتَطْلُعُ مِنْ مَغْرِبِهَا ". ثُمَّ قَرَأَ {ذَلِكَ مُسْتَقَرٌّ لَهَا} فِي قِرَاءَةِ عَبْدِ اللَّهِ.
(Abu Zar (roziyallohu anhu) aytdi:) Men masjidga kirdim, Rasululloh ﷺ esa oʻtirgan edilar. Quyosh botganida, U zot: «Ey Abu Zar, bu (quyosh) qayerga ketishini bilasanmi?» dedilar. Men: «Alloh va Uning Rasuli bilguvchiroqdir», dedim. U zot: «Albatta, u (quyosh) — sajda qilishga izn soʻrab boradi; bas, unga izn beriladi. Goʻyo unga: ‹Kelgan tomoningdan (yana) qayt›, deyiladi-da, u oʻz magʻribidan (botish joyidan) chiqadi», dedilar. Soʻng Abdulloh (ibn Masʼud)ning qiroatida: ‹Bu — uning qaror topadigan (joyi)dir› (Yosin surasi, 38-oyat)ni qiroat qildilar.