حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ أَبِي مُوسَى، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ الرَّجُلُ يُقَاتِلُ حَمِيَّةً وَيُقَاتِلُ شَجَاعَةً وَيُقَاتِلُ رِيَاءً، فَأَىُّ ذَلِكَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ قَالَ " مَنْ قَاتَلَ لِتَكُونَ كَلِمَةُ اللَّهِ هِيَ الْعُلْيَا، فَهْوَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ ".
(Abu Muso (roziyallohu anhu) aytdi:) Bir kishi Paygʻambar ﷺning oldilariga kelib: «(Bir) kishi (qabila) gʻayrati (himmati) uchun jang qiladi, (boshqasi) jasorat (koʻrsatish) uchun jang qiladi, (yana biri) riyo (koʻz-koʻz qilish) uchun jang qiladi — bularning qaysisi Alloh yoʻlidadir?» dedi. U zot: «Kim Allohning kalimasi (dini) eng oliy boʻlishi uchun jang qilsa, u — Alloh yoʻlidadir», dedilar.