حَدَّثَنَا مُحَمَّدٌ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَهَّابِ الثَّقَفِيُّ، حَدَّثَنَا خَالِدٌ الْحَذَّاءُ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم دَخَلَ عَلَى أَعْرَابِيٍّ يَعُودُهُ فَقَالَ " لاَ بَأْسَ عَلَيْكَ طَهُورٌ، إِنْ شَاءَ اللَّهُ ". قَالَ قَالَ الأَعْرَابِيُّ طَهُورٌ، بَلْ هِيَ حُمَّى تَفُورُ عَلَى شَيْخٍ كَبِيرٍ، تُزِيرُهُ الْقُبُورَ. قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " فَنَعَمْ إِذًا ".
(Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) (rivoyat qildiki,)) Rasululloh ﷺ bir aʼrobiyning oldiga — uni koʻrgani (yoʻqlagani) — kirdilar-da: «Zarari yoʻq, (bu kasallik) — inshaalloh, (gunohlardan) poklovchidir», dedilar. (Ibn Abbos) aytdi: Aʼrobiy: «Poklovchi (deysizmi)?! Yoʻq, balki u — keksa chol ustida qaynayotgan, uni qabrlarga ziyoratchi qiladigan (oʻlimga olib boradigan) bir isitma», dedi. Paygʻambar ﷺ: «Unda — ha (shunday boʻlsin)!» dedilar.