حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، عَنْ هُشَيْمٍ، عَنْ أَبِي بِشْرٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ
﴿ وَلاَ تَجْهَرْ بِصَلاَتِكَ وَلاَ تُخَافِتْ بِهَا ﴾ قَالَ أُنْزِلَتْ وَرَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مُتَوَارٍ بِمَكَّةَ، فَكَانَ إِذَا رَفَعَ صَوْتَهُ سَمِعَ الْمُشْرِكُونَ فَسَبُّوا الْقُرْآنَ وَمَنْ أَنْزَلَهُ وَمَنْ جَاءَ بِهِ. وَقَالَ اللَّهُ تَعَالَى ﴿ وَلاَ تَجْهَرْ بِصَلاَتِكَ وَلاَ تُخَافِتْ بِهَا ﴾ لاَ تَجْهَرْ بِصَلاَتِكَ حَتَّى يَسْمَعَ الْمُشْرِكُونَ، وَلاَ تُخَافِتْ بِهَا عَنْ أَصْحَابِكَ فَلاَ تُسْمِعُهُمْ ﴿ وَابْتَغِ بَيْنَ ذَلِكَ سَبِيلاً ﴾ أَسْمِعْهُمْ وَلاَ تَجْهَرْ حَتَّى يَأْخُذُوا عَنْكَ الْقُرْآنَ.(Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) (rivoyat qildiki,) ‹Namozingni (oʻta) jahriy (baland ovozda) oʻqima va uni (oʻta) sirli (past ovozda) ham qilma...› (Isro surasi, 110-oyat) (haqida) aytdi:) U — Rasululloh ﷺ Makkada (mushriklardan) yashiringan paytda nozil boʻldi. U zot ovozini koʻtarsalar, mushriklar eshitib, Qurʼonni, uni nozil qilgan (Zot)ni va uni (olib) kelgan (Jibril)ni soʻkar edilar. Bas, Alloh taolo: ‹Namozingni jahriy oʻqima...› (Isro surasi, 110-oyat), yaʼni: namozingni — mushriklar eshitadigan darajada — jahriy oʻqima; ‹...va uni sirli ham qilma...›, yaʼni: sahobalaringdan (yashirib), sirli (oʻqib), ularga eshittirmay qoʻyma; ‹...va shu (ikkisi) orasida bir yoʻl (oʻrtacha holni) izla› (Isro surasi, 110-oyat), yaʼni: ularga eshittir, lekin (haddan tashqari) jahriy ham qilma — toki ular sendan Qurʼonni (oʻrganib) olsinlar, dedi.