حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَبِيدَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ جَاءَ حَبْرٌ مِنَ الْيَهُودِ فَقَالَ إِنَّهُ إِذَا كَانَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ جَعَلَ اللَّهُ السَّمَوَاتِ عَلَى إِصْبَعٍ، وَالأَرَضِينَ عَلَى إِصْبَعٍ، وَالْمَاءَ وَالثَّرَى عَلَى إِصْبَعٍ، وَالْخَلاَئِقَ عَلَى إِصْبَعٍ، ثُمَّ يَهُزُّهُنَّ ثُمَّ يَقُولُ أَنَا الْمَلِكُ أَنَا الْمَلِكُ. فَلَقَدْ رَأَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَضْحَكُ حَتَّى بَدَتْ نَوَاجِذُهُ تَعَجُّبًا وَتَصْدِيقًا، لِقَوْلِهِ ثُمَّ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم
﴿ وَمَا قَدَرُوا اللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِ ﴾ إِلَى قَوْلِهِ {يُشْرِكُونَ}(Abdulloh (ibn Masʼud) (roziyallohu anhu) aytdi:) Yahudiylardan bir olim kelib: «Albatta, qachon Qiyomat kuni boʻlsa, Alloh osmonlarni bir barmoq ustida, yerlarni bir barmoq ustida, suv va (nam) tuproqni bir barmoq ustida va (barcha) maxluqotni bir barmoq ustida (joylab) qoʻyadi, soʻng ularni silkitadi-da: ‹Men — Podshohman, Men — Podshohman›, deydi», dedi. Bas, men Paygʻambar ﷺni — uning soʻzini tasdiqlab va taajjublanib, ozoriq (oxirgi) tishlari koʻringuncha — kulganlarini koʻrdim. Soʻng Paygʻambar ﷺ: ‹Ular Allohni — Uning haqiqiy qadriga koʻra — qadrlamadilar...› — ‹...sherik qilmoqdalar›gacha (Anʼom surasi, 91-oyat) (ni oʻqidilar).