حَدَّثَنَا أَبُو النُّعْمَانِ، حَدَّثَنَا جَرِيرُ بْنُ حَازِمٍ، عَنِ الْحَسَنِ، حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ تَغْلِبَ، قَالَ أَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم مَالٌ فَأَعْطَى قَوْمًا وَمَنَعَ آخَرِينَ فَبَلَغَهُ أَنَّهُمْ عَتَبُوا فَقَالَ " إِنِّي أُعْطِي الرَّجُلَ وَأَدَعُ الرَّجُلَ، وَالَّذِي أَدَعُ أَحَبُّ إِلَىَّ مِنَ الَّذِي أُعْطِي، أُعْطِي أَقْوَامًا لِمَا فِي قُلُوبِهِمْ مِنَ الْجَزَعِ وَالْهَلَعِ، وَأَكِلُ أَقْوَامًا إِلَى مَا جَعَلَ اللَّهُ فِي قُلُوبِهِمْ مِنَ الْغِنَى وَالْخَيْرِ مِنْهُمْ عَمْرُو بْنُ تَغْلِبَ ". فَقَالَ عَمْرٌو مَا أُحِبُّ أَنَّ لِي بِكَلِمَةِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم حُمْرَ النَّعَمِ.
(Amr ibn Tagʻlib (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺning oldilariga (bir) mol keldi; bas, U zot bir qavmga berdilar, boshqalarga bermadilar. Shunda ular taʼna qilganlari U zotga yetdi. Bas, U zot: «Albatta, men bir kishiga beraman, bir kishini (bermay) qoldiraman; men qoldiradigan (kishi) menga — beradigan (kishi)dan — koʻra mahbubroqdir. Men baʼzi qavmlarga — qalblarida (boʻlgan) joʻshqinlik (sabrsizlik) va xirslik (ochkoʻzlik) sababli — beraman; baʼzi qavmlarni esa — Alloh qalblariga solgan boylik (qanoat) va yaxshilikka — havola qilaman; ulardan (biri) — Amr ibn Tagʻlibdir», dedilar. Bas, Amr: «Rasululloh ﷺning (mana shu) soʻzlari menga — qizil tuyalar (eng qimmat mol)dan — koʻra mahbubroqdir», dedi.