وَعَنْ أَبِي قَتَادَةَ - رضى الله عنه - أَنَّ رَسُولَ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -قَالَ -فِي اَلْهِرَّةِ-: { إِنَّهَا لَيْسَتْ بِنَجَسٍ, إِنَّمَا هِيَ مِنْ اَلطَّوَّافِينَ عَلَيْكُمْ } أَخْرَجَهُ اَلْأَرْبَعَةُ, وَصَحَّحَهُ اَلتِّرْمِذِيُّ. وَابْنُ خُزَيْمَةَ 1 .
Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ mushuk haqida: «U nopok emas, u sizlarning atrofingizda aylanib yuruvchilardan (biridir)», dedilar. Toʻrtala (sunan sohiblari) rivoyat qilgan, Termiziy va Ibn Xuzayma sahih degan.