وَعَنْ أُمِّ سَلَمَةَ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: { قُلْتُ: يَا رَسُولَ اَللَّهِ إِنِّي اِمْرَأَةٌ أَشُدُّ شَعْرَ رَأْسِي, أَفَأَنْقُضُهُ لِغُسْلِ اَلْجَنَابَةِ? وَفِي رِوَايَةٍ: وَالْحَيْضَةِ? فَقَالَ: "لَا, إِنَّمَا يَكْفِيكِ أَنْ تَحْثِي عَلَى رَأْسِكِ ثَلَاثَ حَثَيَاتٍ" } رَوَاهُ مُسْلِم ٌ 1 .
Umm Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men: «Yo Rasululloh, men bosh sochini qattiq oʻraydigan ayolman. Janobat gʻusli uchun uni yozaymi?» — dedim. Boshqa rivoyatda: «va hayz gʻusli uchun?» — deyilgan. U zot ﷺ: «Yoʻq, boshingga uch hovuch (suv) sepishing kifoya qiladi», dedilar. Muslim rivoyat qilgan.