وَفِي حَدِيثِ أَسْمَاءَ بِنْتِ عُمَيْسٍ عِنْدَ أَبِي دَاوُدَ: { لِتَجْلِسْ فِي مِرْكَنٍ, فَإِذَا رَأَتْ صُفْرَةً فَوْقَ اَلْمَاءِ, فَلْتَغْتَسِلْ لِلظُّهْرِ وَالْعَصْرِ غُسْلاً وَاحِدًا, وَتَغْتَسِلْ لِلْمَغْرِبِ وَالْعِشَاءِ غُسْلاً وَاحِدًا, وَتَغْتَسِلْ لِلْفَجْرِ غُسْلاً, وَتَتَوَضَّأْ فِيمَا بَيْنَ ذَلِكَ } 1 .
Asmo binti Umays (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men: «Yo Rasululloh, Fotima binti Abu Hubaysh shuncha vaqtdan beri istihoza boʻlib, namoz oʻqimadi», — dedim. Rasululloh ﷺ: «Subhanalloh! Bu — shaytondandir. U bir leganda (togʻorada) oʻtirsin; suv ustida sariqlik koʻrsa, peshin va asr uchun bir marta gʻusl qilsin, shom va xufton uchun bir marta gʻusl qilsin, bomdod uchun bir marta gʻusl qilsin va ular orasida tahorat olsin», — dedilar. Abu Dovud aytdi: Mujohid Ibn Abbosdan: «Unga gʻusl ogʻir kelganda, u zot unga ikki namozni jamlashni buyurdilar», — deb rivoyat qilgan. Abu Dovud aytdi: Buni Ibrohim ham Ibn Abbosdan rivoyat qilgan; bu — Ibrohim an-Naxaʼiy va Abdulloh ibn Shaddodning soʻzidir.