وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: { لَمَّا جِئْنَا سَرِفَ حِضْتُ, فَقَالَ اَلنَّبِيُّ - صلى الله عليه وسلم -"اِفْعَلِي مَا يَفْعَلُ اَلْحَاجُّ, غَيْرَ أَنْ لَا تَطُوفِي بِالْبَيْتِ حَتَّى تَطْهُرِي" } مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ فِي حَدِيث ٍ 1 .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh ﷺ bilan birga, hajdan oʻzgani tilga olmagan holda chiqdik. Sarifga yetib kelganimizda men hayz koʻrdim. Rasululloh ﷺ men yigʻlab oʻtirgan holimda oldimga kirdilar va: ‹Seni nima yigʻlatyapti?› — dedilar. Men: ‹Vallohi, bu yil chiqmagan boʻlsam ekan deb tilab qoldim›, — dedim. (U zot): ‹Senga nima boʻldi? Balki hayz koʻrgandirsan?› — dedilar. Men: ‹Ha›, — dedim. (U zot): ‹Bu Alloh Odam qizlariga yozib qoʻygan narsadir. Sen hojilar qiladigan ishlarni qil, faqat poklanmaguningcha Baytni tavof qilmasang boʻldi›, — dedilar.» (Oisha) dedi: «Makkaga kelganimda Rasululloh ﷺ sahobalariga: ‹Buni (ihromni) umra qilib oling›, — dedilar. Shunda yonida hadyi (qurbonlik mol) boʻlganlardan boshqa odamlar ihromdan chiqdilar.» (Oisha) dedi: «Hadyi Nabiy ﷺ bilan, Abu Bakr bilan, Umar bilan va boy odamlar bilan birga edi. Soʻng ular (Minoga) yurib ketishganda yana ihromga kirdilar.» (Oisha) dedi: «Nahr kuni (qurbonlik kuni) boʻlganda men poklandim. Rasululloh ﷺ menga buyurdilar va men ifoza tavofini qildim.» (Oisha) dedi: «Bizga qoramol goʻshti keltirildi. Men: ‹Bu nima?› — dedim. Ular: ‹Rasululloh ﷺ ayollari nomidan qoramol soʻyib qurbonlik qildilar›, — deyishdi. Hasba kechasi boʻlganda men: ‹Yo Rasululloh! Odamlar bir haj va bir umra bilan qaytadi, men esa bir haj bilan qaytaman›, — dedim.» (Oisha) dedi: «Shunda (u zot) Abdurahmon ibn Abu Bakrga buyurdilar, u meni tuyasining ortiga mindirib oldi.» (Oisha) dedi: «Men hali yosh juvon edim, mudrab ketib yuzimga egar (kajavasi)ning orqa tomoni tegib turganini eslayman. Nihoyat Tanʼimga keldik va men u yerdan, odamlar qilgan umra evaziga umraga niyat qilib ihromga kirdim.»