وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ - رضى الله عنه - قَالَ: قَالَ رَسُولُ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -{ إِنَّ اَلْمَاءَ طَهُورٌ لَا يُنَجِّسُهُ شَيْءٌ } أَخْرَجَهُ اَلثَّلَاثَةُ 1 وَصَحَّحَهُ أَحْمَدُ 2 .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ni (eshitdim) — u zotga: «Sizga Buzoʼa qudugʻidan suv tortib keltiriladi — u shunday quduqki, unga it goʻshtlari, hayz latta(lari) va odamlarning najosati tashlanadi», — deyildi. Rasululloh ﷺ: «Albatta, suv pokdir, uni hech narsa nopok qilmaydi», — dedilar. Abu Dovud aytdi: Men Qutayba ibn Saidning shunday deganini eshitdim: «Men Buzoʼa qudugʻining qorovulidan uning chuqurligini soʻradim. U: ‹Undagi suv eng koʻp boʻlganda qov (kishi)gacha (yetadi)›, — dedi. Men: ‹(Suvi) kamayganda-chi?› — dedim. U: ‹Avrat (joyi)dan pastroq›, — dedi». Abu Dovud aytdi: Men Buzoʼa qudugʻini ridom (yopinchigʻim) bilan oʻlchadim — uni quduq ustiga yoyib, soʻng (qoʻlim bilan) oʻlchadim — uning eni olti tirsak chiqdi. Men menga bogʻ eshigini ochib, ichkariga kiritgan kishidan: «Uning binosi avvalgi holidan oʻzgartirilganmi?» — deb soʻradim. U: «Yoʻq», — dedi. Men unda rangi oʻzgargan suvni koʻrdim.