وَعَنْ مَيْمُونَةَ رَضِيَ الْلَّهُ عَنْهَا، قَالَتْ: { مَرَّ رَسُولُ الْلَّهِ - صلى الله عليه وسلم -بِشَاةٍ يَجُرُّونَهَا، فَقَالَ: "لَوْ أَخَذْتُمْ إِهَابَهَا؟" فَقَالُوا: إِنَّهَا مَيْتَةٌ، فَقَالَ: "يُطَهِّرُهَا الْمَاءُ وَالْقَرَظُ" } أَخْرَجَهُ أَبُو دَاوُدَ، وَالنَّسَائِيُّ 1 .
Maymuna (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ (odamlar) sudrab ketayotgan bir qoʻy (oʻligi) yonidan oʻtib qoldilar-da: «Uning terisini olsangiz (boʻlmasmidi)?» dedilar. Ular: «U oʻlimtik-ku», dedilar. U zot: «Uni suv va qaraz (akatsiya bargi) poklaydi», dedilar. Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilgan.