وَعَنْ حُمْرَانَ; { أَنَّ عُثْمَانَ - رضى الله عنه - دَعَا بِوَضُوءٍ, فَغَسَلَ كَفَّيْهِ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ, ثُمَّ مَضْمَضَ, وَاسْتَنْشَقَ, وَاسْتَنْثَرَ, ثُمَّ غَسَلَ وَجْهَهُ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ, ثُمَّ غَسَلَ يَدَهُ اَلْيُمْنَى إِلَى اَلْمِرْفَقِِ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ, ثُمَّ اَلْيُسْرَى مِثْلَ ذَلِكَ, ثُمَّ مَسَحَ بِرَأْسِهِ, ثُمَّ غَسَلَ رِجْلَهُ اَلْيُمْنَى إِلَى اَلْكَعْبَيْنِ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ, ثُمَّ اَلْيُسْرَى مِثْلَ ذَلِكَ, ثُمَّ قَالَ: رَأَيْتُ رَسُولَ اَللَّهِ صَلَّى عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَوَضَّأَ نَحْوَ وُضُوئِي هَذَا. } مُتَّفَقٌ عَلَيْه ِ 1 .
Usmon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U kishi taharat suvini keltirishni buyurib, taharat qildilar. Kaftlarini uch marta yuvdilar, soʻng ogʻizlarini chaydilar va burunlariga suv oldilar, soʻng yuzlarini uch marta yuvdilar, soʻng oʻng qoʻllarini tirsakkacha uch marta yuvdilar, soʻng chap qoʻllarini ham shunday yuvdilar, soʻng boshlariga mash tortdilar, soʻng oʻng oyoqlarini toʻpiqqacha uch marta yuvdilar, soʻng chap oyoqlarini ham shunday yuvdilar. Soʻng: «Men Rasululloh ﷺning xuddi shu taharatimga oʻxshatib taharat qilganlarini koʻrdim», dedilar. Soʻng: «Rasululloh ﷺ: ‹Kim xuddi shu taharatimga oʻxshatib taharat qilsa, soʻngra turib, koʻnglida oʻzicha bir narsa oʻylamay ikki rakat namoz oʻqisa, uning oldingi gunohlari kechiriladi›, dedilar», dedilar.