وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: { كَانَ اَلنَّبِيُّ - صلى الله عليه وسلم -يُعْجِبُهُ اَلتَّيَمُّنُ فِي تَنَعُّلِهِ, وَتَرَجُّلِهِ, وَطُهُورِهُ, وَفِي شَأْنِهِ كُلِّهِ. } مُتَّفَقٌ عَلَيْه ِ 1 .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ kovush kiyishda, soch tarashda, tozalanish (yuvinish)da va boshqa har bir ishda oʻng tomondan boshlashni yoqtirar edilar.