وَعَنْ أُبَيِّ بْنِ عِمَارَةَ - رضى الله عنه - أَنَّهُ قَالَ: { يَا رَسُولَ اَللَّهِ أَمْسَحُ عَلَى اَلْخُفَّيْنِ? قَالَ: "نَعَمْ" قَالَ: يَوْمًا? قَالَ: "نَعَمْ", قَالَ: وَيَوْمَيْنِ? قَالَ: "نَعَمْ", قَالَ: وَثَلَاثَةً? قَالَ: "نَعَمْ, وَمَا شِئْتَ" أَخْرَجَهُ أَبُو دَاوُدَ, وَقَالَ: لَيْسَ بِالْقَوِيِّ } 1 .
Ubay ibn Umora (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi — Yahyo ibn Ayyub: «U Rasululloh ﷺ bilan ikki qiblaga (qarab) namoz oʻqigan (sahobiy) edi», — dedi: U: «Yo Rasululloh, maxsilarim ustiga mash tortaymi?» — dedi. U zot: «Ha», — dedilar. U: «Bir kunmi?» — dedi. U zot: «Bir kun», — dedilar. U: «Ikki kunmi?» — dedi. U zot: «Ikki kun ham», — dedilar. U: «Uch kunmi?» — dedi. U zot: «Ha, xohlaganingcha», — dedilar. Abu Dovud aytdi: Buni Ibn Abu Maryam al-Misriy Yahyo ibn Ayyubdan, u Abdurahmon ibn Razindan ... Ubay ibn Umoradan rivoyat qilib, unda «toki yetti (kun)gacha (yetdi)» degan; Rasululloh ﷺ: «Ha, oʻzingga maʼqul boʻlguncha», — dedilar. Abu Dovud aytdi: Uning sanadida ixtilof bor va u kuchli emas; uni Ibn Abu Maryam va Yahyo ibn Ishoq as-Saylahiniy Yahyo ibn Ayyubdan rivoyat qilishgan, (uning) sanadida (ham) ixtilof bor.