وَعَنْ عَبْدِ اَللَّهِ بْنِ عَمْرِوٍ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ: { جَاءَ أَعْرَابِيٌّ إِلَى اَلنَّبِيِّ - صلى الله عليه وسلم -فَقَالَ: يَا رَسُولَ اَللَّهِ! مَا اَلْكَبَائِرُ?. … فَذَكَرَ اَلْحَدِيثَ, وَفِيهِ قُلْتُ: وَمَا اَلْيَمِينُ اَلْغَمُوسُ? قَالَ: " اَلَّذِي يَقْتَطِعُ مَالَ امْرِئٍ مُسْلِمٍ, هُوَ فِيهَا كَاذِبٌ" } أَخْرَجَهُ اَلْبُخَارِيُّ. 1 .
(Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo) rivoyat qildiki, u aytdi:) Bir aʼrobiy (sahroyi) Paygʻambar ﷺning huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, kaboir (katta gunohlar) nima?» dedi. U zot: «Allohga shirk keltirish», dedilar. U: «Soʻng nima?» dedi. U zot: «Soʻng — ota-onaga oq boʻlish», dedilar. U: «Soʻng nima?» dedi. U zot: «Yaminul-gʻamus (yolgʻon qasam)», dedilar. (Roviy aytdi:) Men: «Yaminul-gʻamus nima?» dedim. U zot: «Bir musulmon kishining molini — oʻzi yolgʻonchi boʻla turib — (qasam ila) kesib oladigan (qasam)», dedilar.