وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ - رضى الله عنه - قَالَ: { لَعَنَ رَسُولُ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -اَلرَّاشِيَ وَالْمُرْتَشِيَ فِي اَلْحُكْمِ } رَوَاهُ اَلْخَمْسَةُ, وَحَسَّنَهُ اَلتِّرْمِذِيُّ, وَصَحَّحَهُ اِبْنُ حِبَّانَ 1 .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ hukmda pora beruvchini ham, pora oluvchini ham laʼnatladilar. Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning hadisi hasandir. Bu hadis Abu Salama ibn Abdurrahmondan, u Abdulloh ibn Amrdan, u Nabiy ﷺdan ham rivoyat qilingan. Yana Abu Salamadan, u otasidan, u Nabiy ﷺdan deb ham rivoyat qilingan, biroq bu sahih emas. (Abu Iso) aytdi: Men Abdulloh ibn Abdurrahmonning: «Abu Salamaning Abdulloh ibn Amrdan, uning Nabiy ﷺdan rivoyat qilgan hadisi bu bobdagi eng yaxshi va eng sahih (rivoyat)dir», deganini eshitdim.