وَعَنْ أُمِّ سَلَمَةَ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: { دَخَلَ رَسُولُ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -عَلَى أَبِي سَلَمَةَ - رضى الله عنه - وَقَدْ شُقَّ بَصَرُهُ 1 فَأَغْمَضَهُ, ثُمَّ قَالَ: "إِنَّ اَلرُّوحَ إِذَا قُبِضَ, اتَّبَعَهُ الْبَصَرُ" فَضَجَّ نَاسٌ مِنْ أَهْلِهِ, فَقَالَ: "لَا تَدْعُوا عَلَى أَنْفُسِكُمْ إِلَّا بِخَيْرٍ. فَإِنَّ اَلْمَلَائِكَةَ تُؤَمِّنُ عَلَى مَا تَقُولُونَ". ثُمَّ قَالَ: "اَللَّهُمَّ اغْفِرْ لِأَبِي سَلَمَةَ, وَارْفَعْ دَرَجَتَهُ فِي اَلْمَهْدِيِّينَ, وَافْسِحْ لَهُ فِي قَبْرِهِ, وَنَوِّرْ لَهُ فِيهِ, وَاخْلُفْهُ فِي عَقِبِهِ } رَوَاهُ مُسْلِمٌ 2 .
Umm Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Abu Salamaning oldiga kirdilar, uning koʻzi tikilib (ochiq) qolgan edi. U zot uning koʻzini yumdilar, soʻng: «Albatta, ruh olinganida koʻz uning ortidan ergashadi», — dedilar. Shunda uning ahlidan baʼzi kishilar (faryod solib) yigʻladilar. U zot: «Oʻzlaringizga yaxshilikdan boshqa (narsa) tilab duo qilmanglar, chunki farishtalar sizlar aytgan (soʻz)ga ‹omin› deydilar», — dedilar. Soʻng u zot: «Allohumma, Abu Salamani magʻfirat qil, hidoyat topganlar ichida uning darajasini koʻtar, ortda qolganlar ichida uning zurriyotiga (avlodiga) oʻzing oʻrinbosar boʻl, bizni ham, uni ham magʻfirat qil, ey olamlarning Robbi, qabrini unga keng qil va unga (qabrida) nur ato et», — dedilar.