وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: { لَمَّا أَرَادُوا غَسْلَ اَلنَّبِيِّ - صلى الله عليه وسلم -قَالُوا: وَاَللَّهُ مَا نَدْرِي, نُجَرِّدُ رَسُولَ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -كَمَا نُجَرِّدُ مَوْتَانَا, أَمْ لَا?….. } اَلْحَدِيثَ، رَوَاهُ أَحْمَدُ, وَأَبُو دَاوُدَ 1 .
Abbod ibn Abdulloh ibn az-Zubayr aytadi: Men Oisha (roziyallohu anho)ning bunday deganini eshitdim: Nabiy ﷺni gʻusl qildirmoqchi boʻlganlarida, ular: «Allohga qasamki, biz Rasululloh ﷺni oʻz oʻliklarimizni kiyimlaridan yechganimizdek kiyimlaridan yechamizmi yoki u zotni kiyimlari ustida (kiyimi bilan) gʻusl qildiramizmi — bilmaymiz», dedilar. Ular ixtilof qilganlarida, Alloh ularga uyqu soldi, hatto ulardan har bir kishining iyagi koʻksiga tegib (uxlab) qoldi. Soʻng uyning bir tarafidan ularga bir soʻzlovchi — uning kimligini bilmasdilar — gapirdi: «Nabiy ﷺni kiyimlari ustida (kiyimi bilan) gʻusl qildiringlar!» Shunda ular Rasululloh ﷺning yonlariga turib bordilar va u zotni koʻylaklari ustida gʻusl qildirdilar, koʻylakning ustidan suv quyar, qoʻllari bilan emas, balki koʻylak bilan u zotni ishqalar edilar. Oisha (roziyallohu anho): «Agar men ishimning oldini orqasidan oldin bilganimda edi (ortga qaytishni istamasdim), u zotni ayollaridan boshqa hech kim gʻusl qildirmagan boʻlardi», der edi.