وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ -رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهُمَا- قَالَ: { لَمَّا تُوُفِّيَ عَبْدُ اَللَّهِ بْنِ أُبَيٍّ جَاءٍ اِبْنُهُ إِلَى رَسُولِ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -. فَقَالَ: أَعْطِنِي قَمِيصَكَ أُكَفِّنْهُ فِيهِ, فَأَعْطَاه ُ]إِيَّاهُ] } مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ 1 .
(Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytdi:) Abdulloh ibn Ubay vafot etganida, oʻgʻli Rasululloh ﷺning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, koʻylagingizni menga bering, uni (otamga) kafan qilay; unga (janoza) namozini oʻqing va u uchun magʻfirat soʻrang» dedi. Bas, (u zot) unga koʻylaklarini berdilar va: «(Tayyorgarlikni) tugatsang, bizga xabar ber» dedilar. (U) tugatgach, (u zotga) xabar berdi, (u zot) unga namoz oʻqimoqqa keldilar. Shunda Umar (roziyallohu anhu) u zotni (kiyimlaridan) tortib: «Alloh sizni munofiqlarga (janoza) namozi oʻqishdan qaytarmaganmidi?» dedi — Alloh: «Ular uchun magʻfirat soʻrasang ham, soʻramasang ham (barobardir); ular uchun yetmish marta magʻfirat soʻrasang ham, Alloh ularni hech magʻfirat qilmaydi» (Tavba surasi, 80-oyat) degan edi. Soʻng: «Ulardan oʻlgan birortasiga hech qachon (janoza) namozi oʻqima...» (Tavba surasi, 84-oyat) (oyati) nozil boʻldi. Shundan soʻng (u zot) ularga namoz oʻqishni tark etdilar.