وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهُمَا: سَمِعْتُ اَلنَّبِيَّ - صلى الله عليه وسلم -يَقُولُ: { مَا مِنْ رَجُلٍ مُسْلِمٍ يَمُوتُ, فَيَقُومُ عَلَى جَنَازَتِهِ أَرْبَعُونَ رَجُلًا, لَا يُشْرِكُونَ بِاَللَّهِ شَيْئًا, إِلَّا شَفَّعَهُمْ اَللَّهُ فِيهِ } رَوَاهُ مُسْلِمٌ 1 .
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: uning bir oʻgʻli Qudayd yoki Usfonda vafot etdi. Shunda (Ibn Abbos): «Yo Kurayb, uning uchun odamlardan qancha (kishi) toʻplanganini koʻrib kel», dedi. (Kurayb) dedi: «Men chiqdim, qarasam, odamlar uning uchun toʻplanibdilar. Buni unga xabar berdim. U: ‹Ular qirqta deysanmi?› dedi. Men: ‹Ha›, dedim. U: ‹Uni (janozani) olib chiqinglar, chunki men Rasululloh ﷺ ning: ‹Qaysi bir musulmon kishi vafot etib, uning janozasiga Allohga hech narsani sherik qilmaydigan qirq kishi tursa, albatta Alloh ularni u haqida shafoatchi qiladi› deyayotganlarini eshitganman›, dedi».