وَعَنْ بُرَيْدَةَ بْنِ الْحَصِيبِ الْأَسْلَمِيِّ - رضى الله عنه - قَالَ: قَالَ رَسُولُ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -{ نَهَيْتُكُمْ عَنْ زِيَارَةِ الْقُبُورِ فَزُورُوهَا } رَوَاهُ مُسْلِم ٌ 1 . زَادَ اَلتِّرْمِذِيُّ: { فَإِنَّهَا تُذَكِّرُ الْآخِرَةَ } 2 .
Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Men sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim, endi ularni ziyorat qilinglar. Sizlarni qurbonlik goʻshtlarini uch (kun)dan ortiq (saqlash)dan qaytargan edim, endi oʻzingizga maʼqul boʻlguncha saqlanglar. Sizlarni meshdan boshqasida (tayyorlangan) nabizdan qaytargan edim, endi har qanday idishlarda (tayyorlanganini) ichaveringlar, ammo mast qiladigan narsani ichmanglar», — dedilar.