وَعَنْ أَنَسٍ - رضى الله عنه - قَالَ: { قِيلَ يَا رَسُولَ اَللَّهِ, مَا اَلسَّبِيلُ? قَالَ: " اَلزَّادُ وَالرَّاحِلَةُ " } رَوَاهُ اَلدَّارَقُطْنِيُّ وَصَحَّحَهُ اَلْحَاكِمُ, وَالرَّاجِحُ إِرْسَالُهُ 1 .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺdan: «Ey Allohning Rasuli, sabil (yoʻl) nima?» deb soʻraldi. U zot: «Zod (yoʻl ozuqasi) va ulov», deb javob berdilar. Doraqutniy rivoyat qilgan, Hokim uni sahih degan.