وَعَنْ اِبْنِ عُمَرَ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهُمَا: { أَنَّ رَسُولَ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -سُئِلَ: مَا يَلْبَسُ اَلْمُحْرِمُ مِنْ اَلثِّيَابِ? فَقَالَ: " لَا تَلْبَسُوا الْقُمُصَ, وَلَا اَلْعَمَائِمَ, وَلَا السَّرَاوِيلَاتِ, وَلَا اَلْبَرَانِسَ, وَلَا اَلْخِفَافَ, إِلَّا أَحَدٌ لَا يَجِدُ اَلنَّعْلَيْنِ فَلْيَلْبَسْ اَلْخُفَّيْنِ وَلْيَقْطَعْهُمَا أَسْفَلَ مِنَ اَلْكَعْبَيْنِ, وَلَا تَلْبَسُوا شَيْئًا مِنْ اَلثِّيَابِ مَسَّهُ اَلزَّعْفَرَانُ وَلَا اَلْوَرْسُ" } مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ وَاللَّفْظُ لِمُسْلِمٍ 1 .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: bir kishi Rasululloh ﷺ dan: «Ehrom bogʻlagan kishi kiyimlardan nimani kiyadi?» — deb soʻradi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Koʻylaklarni, sallalarni, ishtonlarni, bosh kiyimli yopinchiqlarni va maxsilarni kiymanglar. Faqat oyoq kiyimi topa olmagan kishigina maxsi kiysin, lekin uni toʻpiqlardan pastroq qilib kessin. Zaʼfaron yoki vars (sariq boʻyoq) tekkan kiyimlardan hech narsani kiymanglar», — dedilar.