وَعَنْ أَبِي قَتَادَةَ اَلْأَنْصَارِيِّ - رضى الله عنه - { فِي قِصَّةِ صَيْدِهِ اَلْحِمَارَ اَلْوَحْشِيَّ, وَهُوَ غَيْرُ مُحْرِمٍ, قَالَ: فَقَالَ رَسُولُ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -لِأَصْحَابِهِ, وَكَانُوا مُحْرِمِينَ: " هَلْ مِنْكُمْ أَحَدٌ أَمَرَهُ أَوْ أَشَارَ إِلَيْهِ بِشَيْءٍ ? " قَالُوا: لَا. قَالَ: " فَكُلُوا مَا بَقِيَ مِنْ لَحْمِهِ " } مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ 1 .
Abu Qatoda al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan ehromda emas holida yovvoyi eshakni ovlagani haqidagi qissada rivoyat qilinadi. U aytadi: Rasululloh ﷺ ehromdagi sahobalariga: «Sizlardan biror kishi unga (ov qilishni) buyurdimi yoki biror narsa bilan ishora qildimi?» dedilar. Ular: «Yoʻq», deyishdi. U zot: «Unda uning goʻshtidan qolganini yenglar», dedilar. Muttafaqun alayh.