وَعَنْ كَعْبِ بْنِ عُجْرَةَ - رضى الله عنه - قَالَ: { حُمِلْتُ إِلَى رَسُولِ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -وَالْقَمْلُ يَتَنَاثَرُ عَلَى وَجْهِي, فَقَالَ: " مَا كُنْتُ أَرَى اَلْوَجَعَ بَلَغَ بِكَ مَا أَرَى, تَجِدُ شَاةً ? قُلْتُ: لَا. قَالَ: " فَصُمْ ثَلَاثَةَ أَيَّامٍ, أَوْ أَطْعِمْ سِتَّةَ مَسَاكِينَ, لِكُلِّ مِسْكِينٍ نِصْفُ صَاعٍ " } مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ 1 .
Abdulloh ibn Maʼqil (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Kaʼb ibn Ujra bilan oʻtirdim va undan fidya haqida soʻradim. U: «Bu oyat aynan mening holatim haqida nozil boʻldi, lekin u — umuman — sizlar uchun ham (amal qiladi). Meni Allohning Rasuli ﷺ oldiga (koʻtarib) olib borildi va bitlar yuzimga koʻplab toʻkilib turar edi. Paygʻambar ﷺ: ‹Men sening ozoring (kasalliging) — men koʻrib turgandek — bu darajaga yetgan deb hech oʻylamagan edim. Bir qoʻyga qurbing yetadimi?› — dedilar. Men: ‹Yoʻq›, — dedim. U zot: ‹(Unday boʻlsa,) uch kun roʻza tut, yoki olti kambagʻalni — har biriga yarim soʼdan taom (berib) — taomlantir›, — dedilar», — dedi.