وَعَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ - رضى الله عنه - قَالَ: قَالَ رَسُولُ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -{ اَلْمَدِينَةُ حَرَمٌ مَا بَيْنَ عَيْرٍ إِلَى ثَوْرٍ } رَوَاهُ مُسْلِمٌ 1 .
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U bizga xutba qilib dedi: «Kim bizda Alloh Kitobidan va tuyalar yoshi hamda jarohatlar haqidagi hukmlar bitilgan ushbu sahifadan boshqa oʻqiydigan biror narsa bor deb daʼvo qilsa, yolgʻon aytibdi.» Va o sahifada Rasululloh ﷺ: «Madina Ayr bilan Savr oraligʻidagi haramdir. Kim unda biror jinoyat qilsa yoki jinoyatchiga panoh bersa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning laʼnati boʻlsin. Alloh qiyomat kuni undan na tavba va na fidyani qabul qilmaydi. Kim otasidan boshqasiga nasab daʼvo qilsa yoki oʻz xoʻjayinlaridan boshqasiga tobelik daʼvo qilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning laʼnati boʻlsin. Alloh qiyomat kuni undan na fidya va na tavbani qabul qilmaydi. Musulmonlarning zimmasi bittadir, uni ularning eng pastisi ham amalga oshiradi», dedilar.