وَعَنْ جَابِرٍ - رضى الله عنه - قَالَ: قَالَ رَسُولُ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -{ نَحَرْتُ هَاهُنَا, وَمِنًى كُلُّهَا مَنْحَرٌ, فَانْحَرُوا فِي رِحَالِكُمْ, وَوَقَفْتُ هَاهُنَا وَعَرَفَةُ كُلُّهَا مَوْقِفٌ, وَوَقَفْتُ هَاهُنَا وَجَمْعٌ كُلُّهَا مَوْقِفٌ } رَوَاهُ مُسْلِمٌ 1 .
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Men shu yerda (Minoda) qurbonlik soʻydim, Minoning hammasi soʻyish joyidir. Bas, oʻz manzillaringizda soʻyavering. Men shu yerda (Arafotda) turdim, Arafotning hammasi turish joyidir. Men shu yerda turdim, Jamʼ (yaʼni Muzdalifa)ning hammasi turish joyidir», dedilar. Muslim rivoyat qilgan.