وَعَنْهُ قَالَ: أَمَرَهُمْ اَلنَّبِيُّ - صلى الله عليه وسلم -{ أَنْ يَرْمُلُوا ثَلَاثَةَ أَشْوَاطٍ وَيَمْشُوا أَرْبَعًا, مَا بَيْنَ اَلرُّكْنَيْنِ } مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ 1 .
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ va sahobalari Makkaga kelganlarida, Yasrib (Madina) bezgagi ularni holdan toydirgan edi. Mushriklar: «Ertaga sizlarning oldingizga bezgak holdan toydirgan, undan qattiq aziyat chekkan bir qavm keladi», deyishdi. (Sahobalar) Hijr tomonida oʻtirishdi. Nabiy ﷺ esa mushriklar ularning baquvvatligini koʻrsinlar deb, ularga uch aylanishda raml qilib (yengil yugurib), ikki rukn orasida (oddiy) yurishni buyurdilar. Shunda mushriklar: «Bezgak holdan toydirgan, deb oʻylaganingiz ana shularmi?! Bular falon-falonchidan ham baquvvatroq ekan!» deyishdi. Ibn Abbos dedi: U zotni ularga barcha aylanishlarda raml qilishni buyurishdan faqat ularga rahmi kelgani (ularni asragani) toʻsdi.