وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: { اِسْتَأْذَنَتْ سَوْدَةُ رَسُولَ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -لَيْلَةَ اَلْمُزْدَلِفَةِ: أَنْ تَدْفَعَ قَبْلَهُ, وَكَانَتْ ثَبِطَةً -تَعْنِي: ثَقِيلَةً- فَأَذِنَ لَهَا } مُتَّفَقٌ عَلَيْهِمَا 1 .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Savda Muzdalifa kechasida Rasululloh ﷺ dan, u zot (jaʼnatdan joʻnashlari)dan oldin va odamlar tigʻiz boʻlmasidan oldin (Minoga) yoʻlga chiqishga ruxsat soʻradi. U semiz, ogʻir harakatlanadigan ayol edi — al-Qosim: ‹Sabita ogʻir (vaznli) degani›, deydi —. U zot unga ruxsat berdilar, u (Savda) u zot joʻnashlaridan oldin chiqib ketdi. Bizni esa tongga qadar (oʻzlari bilan) ushlab turdilar, soʻng u zot joʻnaganlarida biz ham joʻnadik. Men ham Savda ruxsat soʻraganidek Rasululloh ﷺ dan ruxsat soʻragan boʻlib, u zotning ruxsatlari bilan joʻnaganimda edi, bu men uchun har qanday quvonchli narsadan koʻra suyukliroq boʻlardi».