وَعَنْ عُرْوَةَ بْنِ مُضَرِّسٍ - رضى الله عنه - قَالَ: قَالَ رَسُولُ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -{ مَنْ شَهِدَ صَلَاتَنَا هَذِهِ -يَعْنِي: بِالْمُزْدَلِفَةِ- فَوَقَفَ مَعَنَا حَتَّى نَدْفَعَ, وَقَدْ وَقَفَ بِعَرَفَةَ قَبْلَ ذَلِكَ لَيْلاً أَوْ نَهَارًا, فَقَدْ تَمَّ حَجُّهُ وَقَضَى تَفَثَهُ } رَوَاهُ اَلْخَمْسَةُ, وَصَحَّحَهُ اَلتِّرْمِذِيُّ, وَابْنُ خُزَيْمَةَ 1 .
Urva ibn Muzarris ibn Avs ibn Horisa ibn Lom at-Toiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Men Rasululloh ﷺning oldilariga Muzdalifada — u zot namozga chiqqan paytlarida — keldim va: «Ey Allohning Rasuli, men Tayyiʼ (qabilasi)ning ikki togʻidan keldim, ulovimni horitdim va oʻzimni charchatdim. Allohga qasamki, men (yoʻlda) bironta tepalikni qoldirmadim, har birida (Arafa deb gumon qilib) turdim. Menga haj (boʻladi)mi?» dedim. Shunda Rasululloh ﷺ: «Kim bizning mana shu namozimizda hozir boʻlsa va biz (Muzdalifadan) qaytib joʻnaguncha biz bilan birga (shu yerda) tursa, undan oldin esa kechasi yoki kunduzi Arafada turgan boʻlsa, u hajini toʻla (ado) qilibdi va kirini ketkazibdi (manosiklarini bajaribdi)», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hasan sahih hadisdir. (Roviy) aytdi: U zotning «tafasahu» degan soʻzlari uning manosagi (haj amallari)ni anglatadi. Uning «men bironta tepalikni qoldirmadim, har birida turdim» degan soʻzi — (bu joy) qumdan boʻlsa, unga ‹habl› deyiladi, toshdan boʻlsa, unga ‹jabal› deyiladi.