وَعَنْ عَبْدِ اَللَّهِ بْنِ عَمْرِوِ بْنِ اَلْعَاصِ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهُمَا { أَنَّ رَسُولَ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -وَقَفَ فِي حَجَّةِ اَلْوَدَاعِ, فَجَعَلُوا يَسْأَلُونَهُ, فَقَالَ رَجُلٌ: لَمْ أَشْعُرْ, فَحَلَقْتُ قَبْلَ أَنْ أَذْبَحَ. قَالَ: " اِذْبَحْ وَلَا حَرَجَ " فَجَاءَ آخَرُ, فَقَالَ: لَمْ أَشْعُرْ, فَنَحَرْتُ قَبْلَ أَنْ أَرْمِيَ, قَالَ: " اِرْمِ وَلَا حَرَجَ " فَمَا سُئِلَ يَوْمَئِذٍ عَنْ شَيْءٍ قُدِّمَ وَلَا أُخِّرَ إِلَّا قَالَ: " اِفْعَلْ وَلَا حَرَجَ " } مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ. 1 .
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oʻz soʻnggi hajida (Minoda jamarot yonida bir oz) toʻxtadilar va odamlar u zotga savol bera boshladi. Bir kishi: «Men bilmasdan (Hadiyni) soʻyishdan oldin boshimni oldirdim», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «(Endi) soʻy, unda hech zarar yoʻq», — dedilar. Boshqa bir kishi: «Men bilmasdan Hadiyni ramydan oldin soʻydim», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «(Endi) ramy qil, unda hech zarar yoʻq», — dedilar. Bas, oʻsha kuni Paygʻambar ﷺ dan (hajning marosimlaridan) biror narsa — belgilangan vaqtdan oldin yoki keyin qilingan boʻlsa — soʻralganda, u zot: «(Endi) qil, unda hech zarar yoʻq», — deb javob berdilar.