وَعَنِ اِبْنِ عُمَرَ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهُمَا: { أَنَّ اَلْعَبَّاسَ بْنَ عَبْدِ اَلْمُطَّلِبِ - رضى الله عنه - اِسْتَأْذَنَ رَسُولَ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -أَنْ يَبِيتَ بِمَكَّةَ لَيَالِيَ مِنًى, مِنْ أَجْلِ سِقَايَتِهِ, فَأَذِنَ لَهُ } مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ 1 .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Abbos ibn Abdulmuttalib oʻzining suv ulashish (siqoya) vazifasi sababli Mino kechalarini Makkada tunab oʻtkazishga Rasululloh ﷺ dan ijozat soʻradi, u zot unga ijozat berdilar.