عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ عُقْبَةَ بْنِ عَمْرٍو الْأَنْصَارِيِّ الْبَدْرِيِّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم "إنَّ مِمَّا أَدْرَكَ النَّاسُ مِنْ كَلَامِ النُّبُوَّةِ الْأُولَى: إذَا لَمْ تَسْتَحِ فَاصْنَعْ مَا شِئْت" . [رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ].
Abu Masʼud Uqba ibn Amr al-Ansoriy al-Badriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u: «Rasululloh ﷺ: ‹Odamlar avvalgi paygʻambarlik soʻzlaridan ilgab olgan narsalardan biri: ‹Uyalmasang, xohlaganingni qil›, degan (soʻz)dir›, dedilar», dedi. Buni Buxoriy rivoyat qilgan.