عَنْ أَبِي عَبْدِ اللَّهِ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ الْأَنْصَارِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا: "أَنَّ رَجُلًا سَأَلَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم فَقَالَ: أَرَأَيْت إذَا صَلَّيْت الْمَكْتُوبَاتِ، وَصُمْت رَمَضَانَ، وَأَحْلَلْت الْحَلَالَ، وَحَرَّمْت الْحَرَامَ، وَلَمْ أَزِدْ عَلَى ذَلِكَ شَيْئًا؛ أَأَدْخُلُ الْجَنَّةَ؟ قَالَ: نَعَمْ". [رَوَاهُ مُسْلِمٌ].
Abu Abdulloh Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi Rasululloh ﷺdan soʻrab: «Aytingchi, agar men farz namozlarni oʻqisam, Ramazon roʻzasini tutsam, halolni halol deb, haromni harom deb bilsam va bunga hech narsa qoʻshmasam, jannatga kiramanmi?» dedi. U zot: «Ha», dedilar. Buni Muslim rivoyat qilgan.