عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه و سلم "كُلُّ سُلَامَى مِنْ النَّاسِ عَلَيْهِ صَدَقَةٌ، كُلَّ يَوْمٍ تَطْلُعُ فِيهِ الشَّمْسُ تَعْدِلُ بَيْنَ اثْنَيْنِ صَدَقَةٌ، وَتُعِينُ الرَّجُلَ فِي دَابَّتِهِ فَتَحْمِلُهُ عَلَيْهَا أَوْ تَرْفَعُ لَهُ عَلَيْهَا مَتَاعَهُ صَدَقَةٌ، وَالْكَلِمَةُ الطَّيِّبَةُ صَدَقَةٌ، وَبِكُلِّ خُطْوَةٍ تَمْشِيهَا إلَى الصَّلَاةِ صَدَقَةٌ، وَتُمِيطُ الْأَذَى عَنْ الطَّرِيقِ صَدَقَةٌ". [رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ] ، [وَمُسْلِمٌ].
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Insonning har bir boʻgʻini uchun har kuni, quyosh chiqadigan har bir kunda, sadaqa (berish) lozimdir: ikki kishi orasini adolat bilan hal qilishing — sadaqadir; kishiga ulovi borasida yordam berib, uni unga mindirib qoʻyishing yoki yukini unga ortib berishing — sadaqadir; yaxshi soʻz — sadaqadir; namozga (borish uchun) tashlagan har bir qadaming — sadaqadir; yoʻldan ozorni (halaqit narsani) olib tashlashing — sadaqadir», dedilar. Buni Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.